Toshkent shahri

Qabul — 2026

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza yagona portal — ariza.piima.uz orqali onlayn topshiriladi.

Ariza topshirish Shaxsiy kabinet
JARAYON

4 qadamda ariza topshirish

Portalga kirishdan arizani yuborishgacha — hammasi onlayn
1
1-QADAM Roʻyxatdan oʻting ariza.piima.uz portaliga kiring va shaxsingizni JSHSHIR orqali tasdiqlang.
2
2-QADAM Farzandingizni qoʻshing Farzandingizni JSHSHIR yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnoma orqali qoʻshing.
3
3-QADAM Maktabni tanlang Maktab turi, taʼlim tili va maktabni tanlang, hujjatlarni yuklang.
4
4-QADAM Arizani yuboring Maʼlumotlarni tekshirib, arizani yuboring. Imtihon vaqti va manzili SMS orqali keladi.
SAVOL-JAVOB

Koʻp soʻraladigan savollar

Qaysi sinfdan qabul qilinadi?

Maktab turiga bogʻliq. Masalan, ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yoʻnalishiga 4-sinfni, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 6-sinfni tamomlagan oʻquvchilar hujjat topshiradi. Har bir maktab turi boʻyicha toʻliq tartib ariza.piima.uz da.

Qanday hujjatlar kerak?

Hujjatlar elektron shaklda yuklanadi: oʻquvchining soʻnggi 2 oyda olingan fotosurati, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, ota-ona (qonuniy vakil) pasporti maʼlumotlari va telefon raqami. Maktab turiga qarab qoʻshimcha hujjat soʻralishi mumkin.

Nechta maktabga hujjat topshirish mumkin?

Oʻquvchi faqat oʻz viloyatidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshiradi. Tanlov imkoniyatlari maktab turiga qarab farq qiladi — batafsil portalda.

Imtihon kuni va manzilini qanday bilaman?

Arizada koʻrsatilgan telefon raqamiga SMS keladi. Imtihondan kamida 3 kun oldin shaxsiy kabinetga ruxsatnoma yuboriladi: unda manzil, bino, guruh va oʻrin koʻrsatiladi.

Imtihon qaysi fanlardan?

Aniq fanlar yoʻnalishi: 5–7-sinflar — matematika va ingliz tili; 8–11-sinflar — algebra, geometriya, fizika va ingliz tili. Tabiiy fanlar yoʻnalishi: 7-sinf — tabiiy fan (science) va ingliz tili; 8–11-sinflar — biologiya, kimyo va ingliz tili. Imtihon test shaklida bir bosqichda oʻtadi.

Boshqa savollar boʻlsa — ariza.piima.uz yoki 1206 call-markazi.

Qabul ma'lumotlari tez orada e'lon qilinadi

Yangi qabul mavsumi boshlanishi bilan barcha ma'lumotlar shu sahifada chop etiladi.

Bosh sahifaga qaytish

Ariza ariza.piima.uz portalida topshiriladi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining yagona ariza portali. Savollar boʻlsa — 1206 call-markazi.

Ariza topshirish